Misrda bolalarni namozga o‘rgatishning noan’anaviy usulini o‘ylab topishdi
11.8.2018 346

Misrliklar yosh avlodni namozga va masjidga o‘rgatishning ajoyib usulini o‘ylab topishdi. Ushbu g‘oya tashabbuskori al-Bexeyra okrugidagi Damanxur shahri Nosir masjididir.

“Al Bawaba” nashrining ma’lum qilishicha, mazkur masjid imomi 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘ziga xos bellashuv tashkil qilgan. Bunga ko‘ra, 40 kun davomida bomdod namoziga doimiy qatnagan bolaga 55 AQSh dollari miqdorida mukofot puli beriladi.

Imom Muhammad Alamning so‘zlariga qaraganda, mazkur g‘oya masjid namozxonlarining biridan chiqqan bo‘lib, u ushbu bellashuv uchun xayriya mablag‘i ajratgan.

Ta’kidlash joizki, shahar aholisi mazkur tadbirni olqishlar bilan kutib olishdi va ushbu mukofotlash tadbiri bolalarning kelajakda masjidga mehr qo‘yishlariga sabab bo‘lishi mumkinligiga umid qilishmoqda.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 48331
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

4500
  • 2502
  • 1575
  • 3033