Makkadagi ziyoratchilardan biri Ka’ba eshigini ochmoqchi bo‘ldi
Haj mavsumi uchun Saudiya Arabistoniga 2 milliondan ortiq ziyorati tashrif buyurdi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kechasi soat 10-11 larda bir ziyoratchining Ka’aba eshiklariga osilib, uni ochishga urinayotgan videosi tarqaldi. Lekin u buni uddalay olmadi. Vaqtida yetib kelgan politsiya xodimi ziyoratchini eshik oldidan olib ketdi.
Politsiya idorasining ma’lum qilishicha, ziyoratchi ruhiy xasta bo‘lgan.