Ingushetiyalik ilk ziyoratchilar guruhi haj safariga yo‘l olishdi
12.8.2018 109

Ingushetiyalik ziyoratchilarning ilk guruhi “Yuteyr” aviakompaniyasining Boing 767 samolyotida Madina sari yo‘lga chiqdi. Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan ziyoratchilar guruhi 247 kishidan iborat. Bu haqda Magas aeroportidan OAV xabar bermoqda.

2018 yilgi haj mavsumida Ingushetiyadan jami 1.5 ming ziyoratchi haj safariga boradi.

“Mana olti yildirki bizning fuqarolarimiz haj safariga mamlakatimizdan yuborilmoqdalar. Bu yil ilk ziyoratchilar guruhi Rossiyaning birinchi qahramoni Sulambek Oskanov nomidagi samolyotda safarga chiqdilar. Biz jami beshta reys tashkil qilganmiz, ularning har birida 247 nafar ziyoratchi bo‘ladi.

Avvalgi to‘rt reysimizda asosan ingushetilik ziyoratchilar jo‘natiladi va so‘nggi reysda dog‘istonlik ziyoratchilar Saudiya sari yo‘l oladilar. Biz ziyoratchilarning xavfsizliklari va qulayliklari uchun barcha choralarni ko‘rganmiz, hojilarning namoz o‘qishlari uchun alohida namozxonalar ham tashkil qilingan”, – deydi Magas aeroporti rahbari Vaxa Yevloyev.

 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 48331
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

4500
  • 2502
  • 1575
  • 3033