“Umra-2017” - guruh rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
10.2.2017 4476

   2017 yilning 7-8 fevral kunlari poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida, “Umra-2017” bahorgi mavsumiga jalb etilgan guruh rahbarlari ishtirokida dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, Diniy qo‘mitaning mas’ul xodimlari M.Yo‘ldoshev va D.Bobojonov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M-A. Shakirov, Diniy idoraning matbuot kotibi J.Nuriddinovlar ishtirok etishdi.
   Joriy yilning 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari guruh rahbarlari ishtirok etishgan bo‘lsa, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari guruh rahbarlari qatnashishdi.
    Tadbirlar davomida, mutasaddilar tomonidan guruh rahbarlariga zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas’uliyatlari, umra ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.
   Shuningdek, safarga doir hujjatlar bilan ishlash tizimi, guruhdagi ziyoratchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish tartibi, pasport va boshqa hujjatlarini yuritish tartib-qoidalari borasida ham ko‘rsatmalar berildi.
     Yig‘ilish so‘ngida, guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha, batafsil javob berildi.
   O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati, vodiy viloyatlari guruh rahbarlari ishtirokidagi uchrashuv, joriy yilning 11 fevral kuni Namagan viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216731
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24569
  • 19034
  • 12807
  • 15775