Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi
11.11.2017 3552

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdilar. Bu Prezident rasmiy veb-saytida xabar berildi. 

Davlatimiz rahbari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev mazkur majmuada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Prezidentimizning shu yil 25 yanvardagi “!O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

Avvalroq, 2017 yil 31 avgust kuni poytaxtimizda, 2 sentyabr kuni Samarqand shahrida mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ulug‘vor haykallari ochilgan edi. 

Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida so‘nggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Prezidentimiz 2017 yil 27 avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida maqbara qurilishini yakuniga yetkazish, ziyoratchilar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, hududni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida bu yerda keng qamrovli ishlar bajarildi. Natijada majmua yaxlit me’moriy ansamblga aylandi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un holda milliy uslubda ayvonlar barpo etildi. Ziyoratga chiqish va tushish yo‘laklari cheti marmar panjara bilan o‘raldi, qariyalar uchun zamonaviy liftlar o‘rnatildi. 

Ziyoratga keluvchilarga yilning to‘rt faslida ham qulay bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Atrofdagi yo‘laklar ta’mirlanib, avtomobillar to‘xtash joyi barpo etildi. Qabriston devori rekonstruksiya qilinib, hududi yanada obodonlashtirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ziyoratgohga keluvchilar uchun katta qulayliklar yaratilganini ta’kidlab, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berdi.

O‘MI matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216335
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19009
  • 12794
  • 15756