Muqaddas dinimiz sofligini asrash – davr talabi
Bu yilgi Ramazoni sharif yurtimizga o‘zgacha shukuh bilan kirib keldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etish, Surxondaryodagi Abu Iso Muhammad Termiziy ziyoratgohini ulkan majmuaga aylantirish, Buxoroda “Mir Arab” oliy madrasasini tashkil etish, Qashqadaryodagi Abul-Mu’iyn Nasafiy, Navoiy viloyatidagi Nurota qadamjolarini, poytaxtdagi Suzuk ota va Termiziy masjidlarini kapital ta’mirlashga doir tashabbuslarini xalqimiz va xalqaro jamoatchilik qo‘llab-quvvatladi.
Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 15 iyun kuni “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash – davr talabi” mavzusida respublika anjumani boshlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlardan tashrif buyurgan imom-xatiblar, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Anjumanda tinchlik va mehr-oqibatni o‘zida mujassam etgan muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uning asl mohiyatini yoshlarga to‘g‘ri tushuntirish, buning uchun ta’lim-tarbiya va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Manba:muslim.uz