Insoniylik mezoni
Joriy “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ezgu sa’y-harakatlarning mohiyati har bir xonadon ahlini rozi etish, ularning og‘irini yengil qilish kabi ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi fazli ulug‘ tamoyilga asoslangandir. Bu kabi xayrli ishlarda imom-xatiblarning o‘rni va xizmatlari muhim sanaladi. Chunki, imom barcha ezguliklarning oldida peshqadam va namuna bo‘lib turishligi kerak.
11 aprel kuni Toshkent shahar “Said Vaqqos ota” jome masjidi imom-xatibi Foziljon Ubaydullayev Uchtepa tumani “Ko‘rkamobod” mahallasida yashovchi bir qancha boquvchisini yo‘qotgan, e’tiborga muhtoj oilalar, nogiron va keksalar xonadonlarini yo‘qlab, ularning holidan xabar oldi. Imom-xatib masjid ma’muriyati va homiylar tomonidan uy jihoz vositalari va zaruriy oziq-ovqat maxsulotlarini topshirar ekan, dinimizda inson sha’ni, qadr-qimmatining azizligi, ayniqsa, ko‘ngli yarimta, mehrga muxtojlarning duosi saodat kaliti ekanligini va kundan-kunga obod bo‘lib borayotgan yurtimizda hech kim mehr-muruvvatdan chetda emasligini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati