Imom-xatiblarimiz uchun navbatdagi bosqich o‘quvlari boshlandi
14.2.2017 4163

    2017 yilning 12 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro markazida diniy xodimlarning II davra X bosqich o‘quvlarining boshlanishiga bag‘ishlangan suhbat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda muslim.uz xabar beradi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ro‘yxat asosida 70 nafar masjid imom-xatiblari ishtirok etishdi.
   Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari v.b. I.Inomov, Markaz direktori Sh.Ziyodov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri M.Qayumov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Sh.Abdirasilov qatnashib, tinglovchilarni yangi o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi munosabati bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro markazi, uning maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berishdi. Markazdagi shart-sharoitlar hamda tinglovchilar tomonidan rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar tushuntirildi.
   Suhbat yakunida hozirdagi ayrim ekstremistik guruhlarning buzg‘unchi g‘oyalari ayniqsa, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi turli nizo va fitnalardan doimo ogoh bo‘lish va shu bilan birga joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda bu masalalar yuzasidan xolisona va to‘g‘ri tushuntirish ishlari olib borish, diniy soha xodimlari, ayniqsa, imom-xatiblar bugungi kunda yanada shijoatli, bilimli, har tamonlama yetuk kadr bo‘lib, zamon bilan hamnafas yashash, beparvo va loqayd bo‘lmaslik lozimligi ta’kidlandi. Yurtimizda chop etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy gazeta va jurnallarda, internet saytlarida o‘zlarining hozirgi globallashuv davrida xalqimiz, xususan yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga urinayotgan yot g‘oya va tahdidlarga qarshi dolzarb mavzulardagi maqolalar bilan faol ishtirok etish tavsiya etildi.
   Tinglovchilar bundan bir necha yil muqaddam bu dargohda olgan bilim va tajribalari o‘zlarining ish faoliyatlarida qo‘l kelganini e’tirof etib, dunyoda yagona bo‘lib turgan bu markazning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
    13 fevral kuni tasdiqlangan o‘quv jadvaliga muvofiq birinchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari v.b. Ibrohim Inomovning “Imom Buxoriyning hayoti va ijodiy faoliyati”, “Imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dolzarb vazifalari” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi.
    Markazda tinglovchilarning samarali tahsil olishlari, yotoqxonada mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalari va yotoqxona elektr manbai, issiq suv va boshqa qulayliklar bilan talab darajasida ta’minlangan.
    Markaz oshxonasida tinglovchilar uchun uch mahal issiq ovqat, yotoqxona bufetida yengil tamaddi qilishlari uchun zarur sharoitlar tashkil etilgan.
Ta’kidlash joizki, II davra X bosqich tinglovchilari dastlabki mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216337
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24552
  • 19009
  • 12794
  • 15756