Imom Buxoriy xalqaro markazida imom xatiblar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
9.1.2017 4338

    2017 yilning 8 yanvar kuni Imom Buxoriy xalqaro markazida diniy xodimlarning II davra IX bosqich o‘quv-mashg‘ulotlarining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz xabar beradi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 70 nafar imom-xatiblar ishtirok etdi.
   Tadbirda Markaz direktori Sh.Ziyodov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi mudiri A.Qayumov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi I.Zuhriddinov qatnashib, tinglovchilarni yangi o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi munosabati bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro markazi, uning maqsad va vazifalari haqida so‘zlab berishdi. Markazdagi shart-sharoitlar hamda tinglovchilar tomonidan rioya etilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar tushuntirildi.
   Shuningdek, yurtimizdagi diniy sohada erishilgan yutuqlar, mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan masjidlar, tabarruk qadamjolar ta’mirlanib, xalqimiz ixtiyoriga topshirilgani, shu bilan birga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan imom-xatiblar faoliyatini, ularning bilim darajalarini yanada yaxshilash maqsadida, turli xayrli tadbirlar olib borilayotgani aytib o‘tildi.
   Suhbat yakunida hozirgi kundagi buzg‘unchi guruhlar, jumladan, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi turli nizo va fitnalardan ogoh bo‘lish va joylarda o‘tkazilayotgan turli ma’rifiy tadbirlarda ularning kirdikorlarini to‘g‘ri va xolisona ochib berish ta’kidlandi. Yurtimizda chop etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy gazeta va jurnallarda, internet saytlarida xalqimiz, xususan, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga urinayotgan yot g‘oya va tahdidlarga qarshi dolzarb mavzulardagi chiqishlar bilan faol ishtirok etish tavsiya etildi.
   Tinglovchilar hukumatimiz tomonidan mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarga, e’tiqod erkinligiga berilayotgan yuksak e’tibor va diniy xodimlar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu ilm va ma’rifat maskanida ikkinchi bor o‘quvlarda ishtirok etayotganlari uchun Yaratganga shukrona keltirib, samimiy minnatdorchilik izhor etib, duoi xayrlar qildilar. Tinglovchilar bundan olti yil muqaddam bu dargohda olgan bilim va ko‘nikmalari ish faoliyatlari va jamoat bilan ishlash asnosida o‘z samarasini berganini e’tirof etdilar.
   O‘quv-mashg‘ulotlarining birinchi suhbatini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur olib borib, “Imom Buxoriyning hayoti va ijodiy faoliyati”, “Imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dolzarb vazifalari” mavzularida ma’ruza qildi. Shu tarzda, II davra IX bosqich tinglovchilari dastlabki mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216989
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24590
  • 19056
  • 12829
  • 15799