E’tibor va e’tirof
Joriy yilning 30 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining majlislar zalida yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar beradi. Unda 2016 yil – Sog‘lom ona va bola yilida fidokorona mehnat qilgan bir nechta jonkuyar ishchi-xodimlar Diniy idoraning maqtov yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Quyida mukofotlangan ishchi-xodimlar bilan tanishishingiz mumkin:
Eng fazilatli ulamo
Shayx Abdulaziz Mansur
Abdulhamid Tursunov
Eng fidoiy xodim
Muhammad-Akmalxon Shakirov
Muhammadnazar Qayumov
Eng intizomli xodim
Zarifa Qosimova
Eng jonkuyar ishchi
Miyassar Dadayeva
Eng tartibli haydovchi
Nosir Xalilov
Eng faol ijodiy xodim
Jamshid Shodiyev
Eng tashabbuskor xodim
Bahrom Ikromov
Eng ilg‘or o‘qituvchi
Yahyo Razzoqov (Toshkent islom instituti)
Jaloliddin Ahmedov (Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti)
Komila Abduvaliyeva (Hadichai Kubro ayol qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti)
Tadbir yakunida kelayotgan yil yurtimiz va yurtdoshlarimiz uchun yanada samarali va sermazmun bo‘lishini so‘rab ezgu duo qilindi.