Dinimiz musaffoligi yo‘lida
23.3.2017 4409

   Har kuni ommaviy axborot vositalari orqali dunyoning qaysi bir chekkasida sodir etilgan vahshiy terrorchilik harakatining guvohi bo‘lganimizda, ba’zi nodon, johil kimsalarning jirkanch faoliyati muqaddas dinimizga nisbat berilganida beixtiyor chuqur qayg‘uga tushamiz, qalbimiz afsus-nadomat chekadi.

   Nafaqat musulmonlar, balki ishonch va e’tiqodidan qat’iy nazar butun insoniyat uchun alamli bo‘lgan bu kabi holatlarga barham berishning eng samarali yo‘li odamlarning dunyoqarashini kengaytirish, islom dinining tinchlik va omonlik dini ekanini targ‘ib etishdir. 

   Shu maqsadda, 2017 yilning 22 mart kuni "To‘xtaboy" jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov Olmazor tumani "Guzarboshi" mahallasi aholisi bilan "Ekstremistik va terrorchi oqimlarning soxta da’volari" mavzusida suhbat o‘tkazdi. Imom-xatib jahonda, xususan, musulmon o‘lkalarida sodir bo‘layotgan xunrezliklarning muqaddas dinimizga daxli yo‘qligini Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflar bilan yoritib berdi. Shuningdek, Ishoqjon Begmatov tinchlikni avaylab-asrash, doimo xushyor yashash kerakligi, musulmonlar namunali xulqi, odob-axloqi bilan o‘zgalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi, doimo ilmga intilib yashashi darkorligini ta’kidladi.

   Suhbat yakunida ishtirokchilarga "Dunyo ulamolari murojaati", "IShID fitnasi", "Internetdagi tahdidlardan himoya" kitoblari taqdim etildi.

 

   Manba:vakillik.uz

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216748
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24569
  • 19035
  • 12810
  • 15778