Buxorolik imom - xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
5.2.2017 4038

   Joriy yilning 2 fevral kuni Buxoro viloyati “Bahouddin Naqshband” majmua markazi anjumanlar zalida viloyat imom-xatiblarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz xabar beradi. Uni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili Mansur Nurullayev olib bordi.
   Yig‘ilish davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparstlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda imom-xatiblar faolligini yanada oshirish, ularning mahalliy ommaviy axborot vositalarida ma’rifiy chiqishlarini jadallashtirish va yangi sifat darajasiga erishish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, masjidlardagi ashyolarning butligini muntazam saqlash va namozxonlar xavfsizligini ta’minlashni yanada rivojlantirish, sodir bo‘ladigan turli noxushliklarning oldini olish chora-tadbirlarini yanada samarali bo‘lishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
    Tadbir so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216727
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24569
  • 19033
  • 12807
  • 15775