Prezidentimiz Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi
13.3.2017 4200

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 mart kuni Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizni tiklash, rivojlantirish, madaniy-ma’rifiy merosni, ayniqsa, tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi nasllarga yetkazish borasida e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan yirik tasavvuf namoyandalari, Naqshbandiya tariqati asoschilari Bahouddin Naqshband va Abdulxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohlari obod etildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safarini ana shunday tabarruk maskanlardan biri Bahouddin Naqshband me’moriy majmuini ziyorat qilishdan boshladi. Dastlab Qur’oni karim tilovati o‘qildi va duolar qilindi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Qolaversa, ko‘hna va boqiy Buxorodagi yodgorlik, obidalarning har bir dona g‘ishtini o‘z holida tiklash, ehtiyot qilish va kelajak avlodga yetkazish lozimligini ta’kidladi.

Yurtboshimiz Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va Islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos ekani, bu zaminda ko‘plab allomalar tavallud topgani va yashaganini alohida ta’kidladi. Ularning boy ilmiy merosini atroflicha o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu yerda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish haqida taklif bildirdi.

Shundan so‘ng Buxoroning qadimiy obidalarini qamrab oladigan kichik halqa yo‘lini bunyod etish, yo‘laklarga marmar va maxsus ishlov berilgan toshlar yotqizish, bino va yo‘llarning yoritish tizimini zamonaviylashtirish, mehmonxona va inshootlar qurish, ular atrofiga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos daraxt va gullar ekish, mahalliy va xorijlik sarmoyadorlar uchun qulay sharoitlar tashkil etish yuzasidan zaruriy topshiriqlar berdi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da Davlatimiz Rahbarining mamlakatimiz hududlari bo‘ylab safarlari islohotlarni amalga oshirishda kishilarni hamjihatlikka undamoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

axborot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216420
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19014
  • 12796
  • 15758