Andijonda imom-xatiblarning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2017 yil 17 yanvar kuni Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning 2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar beradi.
Unda viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov vakillik, masjidlar va imom-xatiblar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yillik hisobot berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov ishtirok etib, o‘tgan 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” mobaynida Andijon viloyatida diniy sohada erishilgan yutuq va kamchiliklar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir so‘ngida 2016 yilda faol va samarali mehnat qilgan bir guruh imom-xatiblarga Andijon viloyat vakilligi, vakillik kasaba uyushmasi qo‘mitasi va “Movarounnahr” nashriyotining maqtov yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.