Qirg‘iziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi
17.9.2018 3065

 

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov poytaxt Bishkekda o‘tkazilgan «Ma’naviy ipak yo‘li. Buyuk insoniy an’analar va zamonaviy tahdidlar» deb nomlangan konferensiya ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Bishkekdagi o‘z vakilimizning xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston muftiysidan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoy, Litva, Rossiya, Tojikiston va Estoniya muftiylari qatnashgan.

Sooronbay Jeyenbekov uchinchi bor tashkil etilgan xalqaro anjuman dindorlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlanishiga va insonlar o‘rtasida toqatlilikni yoyishga yordam berishiga umid bildirdi.

Diniy yetakchilar, din bo‘yicha olimlar va ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanning tashkil etilishi ham davlat organlari, ham diniy tashkilotlar uchun foydali ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda «Ma’naviy ipak yo‘li» konferensiyasining navbatdagisi 2019 yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.



O‘MI Matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216418
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24554
  • 19013
  • 12795
  • 15758