Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
5.10.2017 5219

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” nomli ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Bosh imom-xatibi Odilxon Ismoilov, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidi imomi noibi Qosimxon Boyxanov, psixolog Sh.Hayitqulova va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Toshkent shahar Shayxontohur tumani Bosh imom-xatibi Odilxon Ismoilov inson hayotida ilm-ma’rifatning tutgan o‘rni haqida gapirib, komillik pillapoyalarini ilm bilan zabt etish mumkinligini ta’kidladi. Jaholatga qarshi hech qachon jaholat bilan kurashib bo‘lmasligi, balki dunyoni turli razolatlardan faqat ilm-ma’rifat qutqarishini aytdi va hadisi shariflarda, muqaddas islom dinida insonlaning tug‘ilganidan to vafotiga qadar ilm olish kerakligi yozilganini izohlab berdi.

Shuningdek, imom-xatib bugungi avlod dunyo tamadduni beshigini tebratgan daho ajdodlarimizga munosib voris ekanini unutmagan holda bo‘sh vaqtlarini foydali ishlarga sarflashga, ilm-hunar egallashga, odob-axloq borasida namunali o‘quvchi sifatida doim savobli ishlar bilan shug‘ullanishga ajratishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan kerakli javoblar olishdi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216397
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19011
  • 12794
  • 15758