Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas
4.4.2017 5165

   Joriy yilning 1 aprel kuni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahar “Mehribonlik” ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati tomonidan "Yurtim, Senga qutlug‘ bo‘lsin Navro‘z-yangi kun!", deb deb nomlangan xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi. Unga Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 250 nafar imkoniyati cheklangan yigit-qizlar taklif etildi.
 
 
  Tadbirda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, "Shayx Zayniddin" jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov ishtirok etdi va yig‘ilish qatnashchilarini samimiy qutladi. Tadbir Qur’oni Karim tilovati bilan boshlandi.
 
 
  Aytish joizki, bayram tadbiri juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Odilxon Ismoilov tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari bilan muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi. O‘z navbatida masjid ma’muriyati tomonidan qatnashchilarga diniy-ma’rifiy kitoblar, sovg‘a-salomlar,nogironlik aravachasi topshirildi.  
 
 
  Tadbir davomida qatnashchilar bunday foydali muloqotdan mamnun ekanliklarini va bu galgi uchrashuv ham unutilmas taassurotlarga boy bo‘lganini e’tirof etishdi. Shuningdek, xayrli tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha mutasaddilarga “Mehribonlik” ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati tomonidan cheksiz minnatdorlik bildirildi.
 
 
"Shayx Zayniddin" jome mmasjidi Matbuot xizmati
Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216380
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24553
  • 19010
  • 12794
  • 15757