Shayx Zayniddin jome masjidida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
22.8.2016 4104

   Ozodalik, poklik va hamjihatlik xalqimizga xos azaliy qadriyat. Muqaddas dinimizda ham bu tushunchalarga alohida e’tibor qaratilgan. Shunday muqaddas qadriyatlarni tarbiyalashda azal-azaldan umumxalq xayriya hasharlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi farmoyishiga asosan, respublikamizda 20-21 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangandi. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidida ham mazkur ozodalik tadbiri uyushqoqlik bilan o‘tkazildi va Odilxon qori Ismoilov boshchiligidagi masjid jamoasi unda faol ishtirok etdi.
    Masjid va qabriston hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.

 


Shayx Zayniddin jome masjidi Matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216314
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24551
  • 19003
  • 12793
  • 15756