Shayx Zayniddin jome masjidida Qurbon hayiti oldidan hashar o‘tkazildi

11 Sen 2016 1829

   Xabaringiz bor, 2016 yilning 9 sentyabr kuni “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi. Mazkur bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumani Shayx Zayniddin jome masjidida hashar o‘tkazildi.
   Masjid jamoasi hasharda faol ishtirok etdi. Tozalik tadbiri doirasida masjid hududi, xonaqolar, tahoratxonalar va tashqaridagi hududlar tozalandi, dov-daraxtlar shoh-shabbalar butalib, gullar ekildi, pokiza holga keltirildi. Namozxonlarning hayit namozini tinch-osoyishta ado etishlari uchun masjidning barcha hududlari tegishli vakillar ko‘magida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tozalik ishlari qabriston hududida ham o‘tkazildi va unda bir necha ko‘ngilli yordamchilar ham ishtirok etdi. Masjidning kirish qismiga bayram shukuhini aks ettiruvchi tabrik peshlavhalari o‘rnatildi. 

      Aytish kerakki, Qurbon hayiti sahovat, muruvvat va silai rahm ayyomi hamdir. Bayram munosabati bilan Shayx Zayniddin jome masjidi vakili va mahalla oqsoqollari birgalikda Ko‘kcha, Islomobod, Bog‘ko‘cha MFYdagi kam ta’minlangan, moddiy yordamga muxtoj oilalarga xayr-ehson va hadyalar ulashishdi.
       Eslatib o‘tamiz, Qarorga muvofiq, Qurbon hayiti bayrami 12 sentyabr kuni nishonlanadi. Qurbon hayiti namozi ertalab soat 06.15 da o‘qiladi.

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati