Shayx Zayniddin jome masjidida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi
12.3.2017 2220

   Ozodalik, poklik va hamjihatlik xalqimiz qoniga singgan azaliy qadriyat, go‘zal an’analardan biri. Muqaddas va muborak dinimizda ham poklik birlamchi masala sanaladi. Hashar bahona odamlar orasida oqibat rishtalari bog‘lanadi, chor-atrof tartibga keltiriladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi farmoyishi asosida mamlakatimizda mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi, deb e’lon qilindi. Oylik doirasida 11-12 mart kunlari Respublikamizning barcha joylarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.

   Barcha joylarda bo‘lgani kabi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Shayx Zayniddin jome masjidida ham mazkur ozodalik tadbiri uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Unda Shayx Zayniddin jome masjidida imom-xatibi Odilxon Ismoilov boshchiligidagi jamoa faol qatnashdi.

   Tadbir doirasida masjid va qabriston hududi tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.


Shayx Zayniddin jome masjidi Matbuot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 35909
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

1125
  • 1215
  • 3805
  • 1112