Shayx Zayniddin jome masjidida mavlid marosimi o‘tkazildi

23 Dek 2016 294

    Payg‘ambariz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy—muqaddas Robi’ul avval oyi musulmonlar uchun ulkan baxtu saodat, xursandchilik kunlaridir. Bu oyda butun olamga rahmat yog‘ilgay. Shu bois, islom olamida bu oyni o‘zgacha tayyorgarlik va muhabbat bilan kutib olinadi. Rasululloh alayhissalomga bo‘lgan yuksak muhabbat ramzi o‘laroq mavlidi sharif tadbirlari o‘tkaziladi, u zotning siyratlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. 
    Ana shunday mavlid marosimi joriy yilning 23 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari qatnashdilar. 
   Dastlab, mavlidi sharif o‘qildi, so‘ngra Muftiy hazrat boshchilik namozxonlar juma namozini ado etishdi. Juma namozi o‘qib bo‘lingach, Payg‘ambar alayhissalomga ko‘pdan-ko‘p salavotlar aytildi. Ibodat so‘ngida o‘qib yetkazilgan xatmi qur’onlardan so‘ng yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda dinimiz ravnaqini so‘rab duoyi xayrlar qilindi.

 

 Shayx Zayniddin jome masjidi mutbuot xizmati