Odilxon qori va boshqa imomlarimiz Ganina Yamada bo‘lishdi
28.11.2016 2172

    Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda o‘zbekistonlik imomlar guruhi Rossiya Federatsiyasida shahrida safarda bo‘lib turibdi. Ulamolar safar doirasida belgilangan ko‘plab tadbir va uchrashuvlarda qatnashmoqda. 
    27 noyabr kuni imom-xatiblarimiz Yekaterenburg shahridagi provaslav cherkovini ziyorat kilishdi va u yerdagi sharoitlar bilan tashishishdi. Shuningdek, Ganina Yamadagi cherkovlarga, Yevropa va Osiyo chegarasidagi Ikkinchi Jahon Urushida vafot etganlar uchun barpo etilgan yodgorlik monumentiga tashriflar uyushtirildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur qabristonga urushda qatnashib, qahramonlarcha halok bo‘lgan 15 nafar vatandoshimiz ham dafn etilgan. Qabristonda marhumlar haqqiga Qur’on tilovat qilindi. 
    “Mazkur tadbirlar dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va do‘stlik aloqalarining rivojivda katta ahamiyatga egadir. Biz safar mobaynida Rossiya federatsiyasida odamlarning diniy ibodatlarni emin-erkin ado etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishayapmiz, o‘zaro muloqotlar olib borayapmiz. Umid qilamizk, bu muloqot va fikrlashuvlar ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarni yana mustahkamlashga xizmati qiladi”, deydi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov.

 

Shayx Zayniddin jomk masjidi matbuot xizmati

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 39418
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

1186
  • 888
  • 699
  • 1788