Odilxon qori Ismoilov Yekaterinburg shahrida

25 Noy 2016 1394

   Joriy yilning 24 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Qudduss Asharin taklifiga binoan o‘zbekistonlik imomlaridan iborat delegatsiya Rossiyaning Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketishdi.
    Mazkur delegatsiya tarkibida Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov ham bor. Shuningdek, unda O‘zbekiston Musulmonlari idora raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, diniy idoraning Samarqand viloyatidagi vakili o‘rinbosari, “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va “Do‘stjonboy ota” jome masjidi imom-xatibi Bahrom Otajonovlar ham bor.
    Imomlar safar doirasida Rossiyaning Sverdlovsk viloyati hududida joylashgan masjidlarda namozxonlar bilan belgilangan suhbatlar, madaniy markazlardagi muloqotlar hamda Ural davlat tog‘-kon universitetining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuvlarda ishtirok etishadi.
     Safar tafsilotlarini saytimizda kuzatib boring.





Shayx Zayniddin jome masjidi matubot xizmati