Odilxon Ismoilov Nijniy Tagilda “IShID fitnasi” kitobining taqdimotida
Ayni kunlarda o‘zbekistonlik imomlar guruhi Rossiya Federatsiyasida safarda ekanida xabaring bor. 28 noyabr kuni o‘zbekistonlik imom xatiblar ishtirokida Sverdlovsk viloyatidagi Nijniy Tagil shahridagi Vernyaya Solda masjidida yig‘in bo‘lib o‘tdi.
Imomi Favil xazrat boshchiligidagi ushbu uchrashuvda “IShID fitnasi” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi. Unda imom-xatiblarimiz ushbu kitob va unda ko‘tarilgan masalalar, terrorizmning xavf-hatarlari, sof islom ta’limoti va islom dinini niqob qilib, o‘z manfur niyatlarini amalga oshirayotgan aqidaparastlar borasida ma’ruzalar qilishdi.
Odilxon qri Yunusxon o‘g‘li mazkur taqdimotda “IShID fitnasi” kitobi ayni kunda diniy ixtiloflar chiqarib, fitna urug‘ini sepayotgan guruhlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun muhim dasturilamal ekanligi xususida ma’veza qildi.
Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati