E’lon: Shayx Zayniddin jome masjidida mavlid o‘qiladi

11 Dek 2016 686

    Xabaringiz bor, hozirda barchamiz uchun rahmat kunlari bo‘lgan Rabbi-ul avval oyi, Sayidimiz, sarvari koinot Muhammad mustafo salolohu alayhi vassalamning tavallud topgan oylaridamiz. Muqaddas Islom ta’limotida u kishining tavalludiga shukronalik keltirish, haqlariga durudu salovatlar aytish niyatlari ila Mavlid sharif o‘qish ezgu amallardan hisoblanadi. 
   Joriy yil 23 dekabr Juma kuni Shayx Zayniddin jome masjidida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li boshchiligida mavlidi sharif o‘qiladi. Barcha namozxonlarni ushbu hayrli daqiqalarga taklif etamiz!

 

 

Shayx Zayniddin jome masjidi matbuot xizmati