Urushlar tufali 25 million bola ta’lim ololmayapti
27.4.2017 3261

   Turli qurolli to‘qnashuvlar tufayli hozirda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25 milliondan ortiq bolaning ta’lim olishga imkoni yo‘q. Dunyoning 22 davlati ayni kez urushdan jabr chekmoqda. Bu haqida YuNISEF ma’ruzasida ma’lum qilindi.

  Ekspertlarning fikricha, urushlar butun bir boshli savodsiz avlodning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda va bu, albatta, mamlakatlar uchun ulkan muammo.
«Bu besavod bolalar qanday qilib o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata oladi, qanday qilib oilasini boqadi va qanday qilib jamiyatga foyda keltiradi?», - deb yoziladi hujjatda.

  YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli mojarolar kechayotgan hududlarda 22 foiz kichik va o‘rta sinf bolalari ta’lim olish imkonidan mahrum. Bu ko‘rsatkich, ya’ni maktabga qatnamaydigan bolalar Janubiy Sudanda 72 foiz, Chadda 50 foiz, Afg‘onistonda 46 foiz.

 

  Islam-today

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216297
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756