Turkiyadagi qochoqlar uchun ochilgan shifohonada ilk rohinjalik chaqaloq dunyoga keldi
Bangldeshning janubi-sharqidagi rohinjalik qochoqlar uchun tashkil qilingan turk shifoxonasida ilk rohinjalik chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqida Turkiyaning Dakkadagi elchixonasi sahifasida xabar qilingan. Xabarda yangi tug‘ilgan chaqaloqning shifokor va hamshiralar qurshovida tushgan surati e’lon qilingan. Ma’lum bo‘lishicha chaqaloqqa Muhammad Alperen deb ism qo‘yilgan.
Mazkur shifoxona Turkiya Sog‘liqni saqlash Vazriligi hamda Turkiyaning Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tomonidan tashkil qilingan va nazorat qilinib kelmoqda.
Anadolu agentligiga bergan intervyusida shifoxonaning bosh shifokori Jamoliddin Muhammad shunday deydi:
“Shifoxona tashkil qilinishidan avval mazkur qochoqlar lagerida ahvol juda tang edi. Lagerdagi ko‘plab xomilador ayollar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lib, ko‘pchiligi turli xastalik va vitaminlar yetishmovchiligidan aziyat chekardi.
Lagerdagi kasalxona yanvar oyidan ish faoliyatini boshlagan bo‘lsa, hozirga qadar bu yerdagi aholining umumiy ahvoli ancha yaxshilandi”.