Turkiya Suriya shimolida qochoqlar uchun to‘qqizta lager tashkil qilmoqchi
Turkiya hukumati Suriyaning shimolida qochoqlar uchun to‘qqizta lager tashkil qiladi, ularda 170 minggacha odam joylashishi mumkin bo‘ladi, deya ma’lumot berdi Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi matbuot kotibi Hami Aksoy.
“Biz Suriyaning Afrin shahrida o‘tkazayotgan “Zaytun novdasi” amaliyotidan tinch aholi aziyat chekishini istamaymiz va buning uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz”, deydi Aksoy.
“Shu bilan birga Suriyaning yordamga muhtoj hududlariga gumanitar yordamlarni jo‘natishda davom etyapmiz. Biz hozirda lagerlarninig qurilish ishlarini boshlab yubordik. Ushbu 9 nafar lager Idlib tumani va “Yefrat qalqoni”(2016-2017) amaliyoti o‘tkazilayotgan hududda joylashadi”, deydi Hami Aksoy.