Suriyada
Suriyada ajoyib loyiha ish boshladi – mamlakat janubida joylashgan qochoqlar lagerida g‘ildirakli maktab nomli loyiha faoliyat olib bormoqda. Bu haqda muslim.uz xabar breadi. Ushbu dasturni amalga oshirishdan maqsad 5 yil davomida Suriya hududida davom etayotgan urush tufayli bolalar o‘qishdan ortda qolishmoqda, ana shu bo‘shliqni nisbatan bo‘lsa ham to‘ldirishdir. G‘ildirakli ko‘chib yuruvchi maktab – avtobus ichini maktab xonasi singari jihozlab, parta va doska o‘rnatib, dars o‘tishdir. Bu yerda o‘quvchilarga kerakli o‘quv anjomlari va kitoblar beriladi.
Hozirda bunday avtobus maktablar 2 dona, kelgusida ularni sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.