Ramazon oyida Saudiya Arabistonida savdo nazorati kuchayadi
Yaqinlashayotgan Ramazon oyi munosabati bilan Saudiya Arabistoni savdo va investitsiya vazirligi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini yanada kuchaytirdi. Vazirlik mutaxassislari Ramazon oyi davrida sotuvchilarning halol savdo qilishi, reklama aksiyalari va boshqa tadbirlarning ochiq va adolatli o‘tishini nazorat qiladi.
Vazirlik inspektorlari narhlar mutanosibligini, xaridlarning kassa apparatidan o‘tkazilishi va boshqa holatlarni muntazam tekshirib boradi.
Bundan tashqari, aholining savdo xodimlarining halolligi va adolatli faoliyatiga shubhasi bo‘lsa yoki boshqa noqonuniy harakatlardan xabar topsa, maxsus Call-center`ga murojaat etishlari mumkin bo‘ladi.
Islam-today