Qozon shahrida ko‘zi ojiz Qur’on shaydolari uchun aksiya o‘tkazilmoqda
7.3.2018 667

Qozon shahrida “Ko‘zi ojizlarga Qur’on hadya qil va ularni baxtli et!” aksiyasi boshlandi, deya xabar beradi “Yardem” homiylik kengashi rahbari o‘rinbosari Liriya Kusaymanova.

“Yardem” hayriya markazi ko‘zi ojiz musulmonlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilib, kurs so‘nggida har bir bitiruvchiga Brayl alifbosida yozilgan Qur’on kitobini taqdim qiladi.

“Butun dunyo bo‘yicha Brayl alifbosidagi Qur’on kitoblari faqatgina uch davlatda: Saudiya Arabistoni, Turkiya va Tataristonda ishlab chiqariladi”, deydi Liriya Kusaymanova.

“Reabilitatsiya kurslarini o‘tagan ko‘zi ojiz talabalarimiz xayotga o‘zgacha “ko‘z” bilan qaray boshlaydilar. Biz ushbu tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlovchilardan bag‘oyat minnatdormiz, chunki ko‘zi ojizlar uchun Qur’on – bu xayot mazmunidir. Ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan Qur’on kitobini olishni istovchilarning ro‘yhati juda uzun. Ular nafaqat Rossiya balki MDH davlatlaridan hamdir.

Lekin, mazkur Qur’on nusxasi juda qimmat turadi. Chunki uning nashri uchun Brayl alifbosiga to‘g‘ri keladigan qog‘oz zarur. Bu qog‘oz mamlakatimizda yo‘q, uni horijdan buyurtma qilamiz. Qur’onning Brayl alifbosidagi nusxasi 6 tomlik jamlanma bo‘lib, narxi 7.5ming rubl atrofida bo‘ladi. Shu sabab, mazkur aksiyada ishitrok etishni istaganlar o‘z yordamlarini taklif qilishlari mumkin”, deydi “Yardem” jamg‘armasi raisi Malika Gelmutdinova.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 39669
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

1328
  • 941
  • 725
  • 1829