Ozodlik haykaliga “Qochoqlar, xush kelibsiz”, degan yozuv ilib ketildi
Nyu-Yorkdagi AQSh ramzi—Ozodlik haykaliga “Qochoqlar, xush kelibsiz”, deb yozilgan plakat osib ketildi. Hozirda mamlakat politsiyasi 6 metrlik mazkur bannerni kim ilib qo‘ygani borasida surishtiruv olib bormoqda. Aytish joyizki, milliy yodgorliklarga har qanday mazmundagi plakatlarni joylashtirish qonunan taqiqlanadi.
Mazkur voqeani AltStatue of Liberty nomi ostidagi akkauntni yuritayotgan noma’lum shaxs o‘z bo‘yinga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday oddiy odam Amerika haqida nimadir gapirganda ishonchni his qilishi kerak.
Bu voqea AQSh ichki xavfsizlik vazirligining immigratsiya sohasidagi choralarning qat’iylashtirilishini e’lon qilgan kunda sodir bo‘lgan.