Nima uchun Buyuk Britaniyalik ziyoratchilar Hajga velosipedda bormoqchilar?
16.7.2017 3124

   Buyuk Britaniyalik 8 nafar musulmon bu yili Haj safariga velosipedda borishga qaror qildilar. Ular safar davomida bir million funt sterling miqdordagi mablag‘ni to‘plashni va uni suriyalik qochqinlarga xayriya qilishni niyat qilganlar.

  “So‘nggi yillrada biz hajning haqiqiy mohiyatini, mashaqqatini unutib qo‘ydik. Avvallari ziyoratchilar bu ulug‘ safarga yarim yil vaqt sarflar edilar. Ba’zilari esa ikki yilgacha qolib ketishar edi. Bu – ibodat safaridir, shuningdek, biz uchun ko‘plab insonlar hayotini o‘rganish imkoniyatidir. Biz ular bilan muloqotlarda bo‘lib, nima uchun transportning bu turini tanlaganimizni so‘zlab beramiz”, deya izohlaydi ziyoratchilardan biri. Musulmonlar marshruti Fransiya yo‘llaridan o‘tib, keyin, Shvetsariya, Germaniya, Avstriya, Lixteynshteynni kesib o‘tib, Italiyaga qadar yetib boradilar. So‘ngra guruh parom (katta kema) bilan Gretsiyaga yetib borib, dengiz ustidan samoletda kesib o‘tib, Misrga Iskandariyaga boradilar. Keyin yana parom orqali Makkaga yetib boradilar.

 

vakillik.uz

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216302
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756