Lindsi Loxan islomni qabul qildimi?
Gollivud yulduzi Lindsi Loxan ayni kez millionlab musulmonlar e’tiborida bo‘lib turibdi. Gap shundaki, aktrisa Instagram`dagi sahifasini qayta tahrirlab, barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashladi. Hozirda u mikroblogda musulmonlarga hos tarzda “Assalomu alaykum”, “Va alaykum assalom”, deb salomlashmoqda.
Butun dunyodagi musulmon internet foydalanuvchilari uni yangi hayot, yangi yo‘l bilan tabriklab, izohlar qoldirishmoqda. Qayd etish kerakki, aktrisa ancha vaqtdan buyon islom dini va uning qadriyatlari bilan qiziqib keladi.