Kanadalik musulmon o‘z restoranida nochorlarni taomlantirmoqda

6 Yan 2017 1591

    Kanadaning Monreal shahrida istiqomat qiluvchi Yahyo Hoshimiy o‘z restoranida uysiz nochorlarga har kuni tekinga taom ulashadi. Sahovatpesha o‘z restorani eshigiga fransuz va ingliz tilida nochorlarga tekinga ovqat berilishini yozib qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, yarim yildan beri restoran nochorlarga xizmat qilib keladi.
    "Nochorlarni taomlantirish—mening musulmonlik qarzim. Biz keluvchilarning tashqi ko‘rinishi, gapirishi, puli bor-yo‘qligiga e’tibor qilmaymiz. Odamlar restoranimizga istalgan vaqtda kelishlari mumkin", - deydi Yahyo Hoshimiy.
   Sahovatli odamning bunday harakati OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilinmoqda va ko‘pchilik bu yaxshilishi uchun mo‘minning haqqiga duo qilmoqda.

Islam-today