IShID yetakchisini Mosuldan qochayotganida qo‘lga olishdi
20.4.2017 3337

  Jahon ommaviy axborot vositalari IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qo‘lga olingani haqida xabar bermoqda. U Mosuldan qochishga uringan. Iroq va Suriya chegarasida terrorchi guruh rahbari qo‘lga olingan.

 

  Arab mamlakatlari ommaviy axborot vositalari IShID yetakchisi qo‘lga olingani haqida birinchi bo‘lib xabar berishgan. Bu ma’lumotni BMT Xavfsizlik va axborot Qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Xeytam Abu Said tasdiqladi.

 

  Bundan oldinroq ommaviy axborot vositalarida Mosul shahri yaqinida harbiy amaliyot jarayonida al-Bag‘dodiyning yaqin yordamchilaridan biri bo‘lgan “Kavkazlik amir” laqabli jangari qo‘lga olinayotganida o‘ldirilgani haqida xabar tarqatilgan edi. O‘tgan oyda al-Bag‘dodiy jangarilarga qarab so‘zlagan nutqida qator mag‘lubiyatlarga uchraganini e’tirof etgan edi. 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

         axborot xizmati

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216429
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24556
  • 19018
  • 12799
  • 15762