Ilk islomiy biznes inkubatori tashkil etildi
Dubayning erkin iqtisodiy zonasi halol islom iqtisodiga asoslangan kichik tadbirkor va o‘rtacha biznes kompaniyalarni rivojlangan halqaro tashkilotlarga aylantirishda hizmat qiluvchi moliyaviy inkubator startapini e’lon qildi.
Mazkur inkubator Dubaydagi Islom iqtisodini rivojlantirish Markazi yordamida yo‘lga qo‘yildi.
“Ushbu inkubator islomiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash, islomiy hayot tarzini keng yoyish va halol sektorini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi”, deydi tashkilot bosh rahbarining o‘rinbosari Nosir al Madaniy.
Dubaydagi Islom iqtisodini rivojlantirish Markazining bosh direktori Abdulla Muhammad al Avarning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus islom iqtisodini rivojlantirishda kichik biznes va rivojlangan kompaniyalar uchun katta madad bo‘ladi.