Germaniyadagi islamafobiya salmog‘i aniqlandi
10.3.2018 1977

2017 yil davomida Germaniyadagi masjidlar va musulmonlarga jami 950dan ortiq hujumlar uyushtirilgan. Bu haqida mamlakatning Ichki Ishlar Vazirligi xabar beradi.

O‘tgan yil davomida uyushtirilgan hujumlar oqibatida 33 nafar shaxs jabrlangan. Masjid va islomiy markazlarga qilingan hujumlar va buzg‘unchilklarning 60 tasi hukumat idoralari tomonidan taftish qilingan.

Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, Nemis musulmonlari Markaziy Kengashi raisi Ayman Mazekning so‘zlariga ko‘ra, mazkur statistika asl voqe’likni ko‘rsatib bera olmaydi. Chunki, ko‘p hollarda hujumlardan aziyat chekkan musulmonlar huquqni himoya qilish idoralariga murojaat qilmaydilar.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Germanida 4.7 mln. musulmon istiqomat qiladi. Bu aholining 5%ini tashkil qiladi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216730
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24569
  • 19033
  • 12807
  • 15775