Florensiya meri shaharda masjid qurishga va’da berdi
Florensiya meri Dario Nardella musulmonlarni xursand qiladigan ma’lumotni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy musulmonlar uchun shaharda masjid quriladi. Bu haqida The Local xabar bermoqda.
Hozircha masjid qurilishi uchun mos joy tanlanmadi. Shu sabab, yaqinlashayotgan Ramazon oyida musulmonlar ibodat qilishi uchun vaqtinchalik bino ajratiladi.
Nardellaning qayd etishicha, shaharda masjid bo‘lmagani uchun musulmonlar ko‘chaga chiqib, ibodat qilishga majbur bo‘lishmoqda.
Avvalroq, Londonda katta masjid qurilishi taqiqlangan edi.