Entoni Joshua masjidda musulmon do‘stidan duo qilishini so‘ragan
2.5.2017 3647


  Super og‘ir vazndagi jahon chempioni Entoni Joshuaning internet tarmoqlarida tarqagan surati keng muhokama qilinmoqda. Suratda bokschining masjid ichidagi holat aks etgandi. Twitter sahifasiga yuklagan mazkur suratga “Omad, mehnatsevarlik va iste’dod... Bularning barchasi uchun ibodat zarur. Birodarimning kunduzgi ibodatini kuzatish juda zavqli bo‘ldi”, deb izoh yozgan Entoni. Sportchi bu surat Dubayda olingani va unda do‘stining ibodat qilayotganini aytgan.

  “Sen doim qalb amriga ko‘ra ish tutishing kerak, birovlarning gapiga qarab emas. Men o‘z yo‘limga ega insonman. Mening eng yaqin do‘stim musulmon. Biz birga musulmonlar istiqomat qiladigan Dubayga bordik. Birga masjidga kirdik va u ibodat qildi. Men esa Klichko bilan bo‘ladigan jangda g‘oliblik uchun duo qilishini so‘radim. U meni ibodat zaliga olib kirdi va bu holatni kimdir suratga olgan. Surat menga yoqdi va tarmoqqa joyladim. Men boksdagi ideallarimdan biri bo‘lgan va shu dinga e’tiqod qilgan Muhammad Ali hurmati uchun ham rasmni post qildim”, deydi jahon chempioni Entoni Joshua.

  Eslatib o‘tamiz, boksning IBF yo‘nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshua Angliyaning London shahridagi “Uembli” stadionida o‘tkazilgan sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi jangda g‘alaba qozonib, super og‘ir vaznda mutloq jahon chempioni, degan unvonga erishdi.

 

  Manba: Sportarena.com

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216188
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24531
  • 18990
  • 12784
  • 15748