Dunyoning “eng hushyor” mamlakatlari yetakchilari musulmon davlatlaridir
10.8.2018 2637

Britaniyaning The Spectator nashri mamlakatlardagi aholining kishi boshiga ichadigan alkogol ichimligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur reytingga barcha talablarga javob yergan 18 tagina davlat kira olgan.

Odatdagidek, eng kam alkogol iste’mol qiluvchi davlatlar qatoriga tarkibida musulmonlar ko‘proq istiqomat qiladigan mamlakatlar kirgan.

“Eng hushyor” mamlakatlar ro‘yhatining yetakchisi Saudiya Arabistoni bo‘lib, undagi aholining kishi boshiga bir yilda o‘rtacha 20 gr alkogol to‘g‘ri kelar ekan.

Ikkinchi o‘rinda Indoneziya bo‘lib, u yerdagi aholi bir yilda kishi boshiga o‘rtacha 600 gr alkogol iste’mol qiladi. Uchinchi o‘rinni esa, Turkiya egalladi. U yerdagi yillik alkogol iste’moli miqdori 2 litr ekan.

Dunyoning “eng sarhush” davlatlari ro‘yhatining yetakchisi esa, Rossiya bo‘ldi. Bu yerda aholining yillik kishi boshiga iste’mol qiladigan alkogol miqdori 15.1 litr ekan. Keyingi o‘rinlarni Fransiya-Avstraliya (12.2l) va Irlandiya (11.9l) egallagan.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216432
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24556
  • 19020
  • 12799
  • 15762