Britaniyalik musulmon samoga parvoz qiladi

7 Yan 2017 1712

    Xusayn Manaver samoga parvoz qilgan ilk Britaniyalik musulmon sifatida tarixga kirishi mumkin. Bunday imkoniyat unga XCOR aerokosmik kompaniyasi va London “Iste’dodlar agentligi” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Yuksakdagi yulduz” tanlovidagi g‘olibligidan so‘ng taqdim etilgan. 
     25 yoshli musulmon Esseks grafligidagi Ilford shahrida istiqomat qiladi va u Xayriya va ijodiyot agentligi asoschisidir. 
     Britaniyalik ilk musulmon-fazogir bu parvozdan maqsad butun dunyo yoshlarining psixologik salomatligidagi muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish ekanini ta’kidlagan.