Bollivud yulduzi Islomga kirdi
Taniqli hind aktrisasi Dipika Kakar muslima bo‘ldi. Hindulik diniga e’tiqod qiluvchi oilada tug‘ilib voyaga yetgan ayol musulmon yigitga turmushga chiqib hayotida keskin o‘zgarish qildi.
O‘zining yakkayu yagona Alloh taologa e’tiqod qilayotganini okshor qilgan aktrisa ismini Faiza deb o‘zgartirdi.
“Men naqadar baxtiyor ekanimni ta’riflashga ojizman, musulmon yigitga turmushga chiqishim, hayotimda jiddiy o‘zgarish bo‘lishiga, Haqni topishimga sabab bo‘ldi”, deydi u.