BMT: 2017 yilda suriyaliklarga $3,4 mlrd yordam ajratiladi
BMT suriyaga ajratiladigan mablag‘ miqdorini e’lon qildi. 2017 yilda urush bo‘lishiga qaramay, mamlakatni tark etmagan Suriya fuqarolarining normal hayotini yo‘lga qo‘yish uchun 3,4 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqida BMTning Suriyaga gumanitar yordam dasturi koordinatori Ali az-Zaatariy ma’lum qildi.
"Umid qilamizki, donor davlatlar Suriyadagi fuqarolarga kerakli miqdordagi mablag‘ni ajratishadi. Bunda mamlakatdan tashqarida yurgan 4 million odam hisobga olinmagan", - dedi u. Az-Zaatariy o‘tgan yilda urushdan jabr chekkan suriyaliklarga 1,5 mlrd dollarlik yordam ko‘rsatilganini ham ta’kidladi. Bu mablag‘lar oziq-ovqat, toza ichimli suvi hamda tibbiy yordam uchun sarflangan.
Islam-today