Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar uchun maxsus avtomobil turargohlari ochildi
Birlashgan Arab Amirliklarida ayollar uchun pushti rangli belgilari mavjud maxsus avtoturargox tashkil etiladi. Munitsipalitet va transport masalalari Departamenti ayol haydovchilardan aynan ana shunday turargohlardan foydalanishlarini so‘raydi.
Mazkur turargohlar ochilishidan maqsad ayol haydovchilar uchun avtomobil qo‘yish uchun joylarning bemalol, o‘zgalar nigohidan yashirin bo‘lishi uchundir. Bunda turargohlar turli xildagi xizmatlarni taklif qilishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Jumladan, ayollar bunday turargohlardan o‘z avtomobillari uchun joyni avvaldan band qilishlari mumkin.