Arxangelskda tarixiy masjid ochildi
5.2.2018 3429

3 fevral kuni Arxangelskda tarixiy masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari Diniy Boshqarmasi.

Arxangelsk chetidagi tatarlar shaharchasida joylashgan mazkur masjid ilk bor 1905 yilda mahalliy musulmonlar tomonidan yog‘ochdan qurilgan edi. Masjidda bo‘lib o‘tgan yong‘in tufayli masjid binosi katta talofat ko‘radi va 2014 yilda tarixiy binoning asli nusxasidek qayta tiklanadi.

Masjidning ochilish marosimida Arxangelsk viloyati gubernatori Igor Orlov, Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, “Ak-Bars” xolding jamiyati bosh direktori Ivan Yevgorov hamda pravoslav va yaxudiy jamiyatlari vakilari ishtirok etishdi.

Viloyat gubernatori Orlov o‘z nutqida shunday dedi: “Mazkur masjidning ochilishi nafaqat tarixiy adolatni tiklash, balki, kelajak uchun asos yaratishga ham zamin bo‘ladi. Bu Arxangelsk musulmonlari va boshqa din vakillari uchun ulkan voqeadir. Bu ma’naviyatning tug‘ilishidir. Uning tarixiy va madaniy qiymati tarixda qolajak”.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 215968
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24512
  • 18975
  • 12772
  • 15737