Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi davom etmoqda
13.4.2017 4375

Shu yilning 12 aprel kuni boshlangan Kuvayt shahridagi VIII Xalqaro   Qur’oni karim musobaqasi davom etmoqda. 

 

Musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda o‘tkazilmoqda:

 

1.Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish.
2.Qur’oni karimni o‘n xil qiroat bilan to‘liq yoddan o‘qish.
3.Qur’oni karimni tajvid qoidalari bilan tilovat qilish.
4.Qur’oni karimga xizmat qiladigan muassasalar va jamiyatlar loyihalaridan eng yaxshisini taqdirlash.

 

Kuvayt “Vaqf va Islom ishlari Vazirligi”dagi Qur’oni karim bo‘limi mudiri Ahmad Tavil o‘z so‘zida  mazkur musobaqani o‘tkazishdan Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha yoshlarni musobaqaga qiziqtirish, ularni Qur’oni karim xulqlari va odoblari bilan xulqlanishga rag‘batlantirish va Qur’oni karimga xizmat qiladigan eng yaxshi loyihalarni mukofotlash maqsad qilinganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Ahmad musobaqa faoliyati davomida ilmiy majlislar va ko‘rgazmalar tashkil qilinishi,  Qur’on ilmlari bo‘yicha yetuk olimlarning Qur’oni karim fazilati va shu kabi masalalar haqidagi ma’ruzalari tinglanishini qo‘shimcha qildi. Ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqada 80ta davlatdan 124 nafar vakillar ishtirok etmoqda.

 

Yurtimizning 2 nafar vakili – Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur’on” kafedrasi talabasi Nuriddinov A’lo va “Sayyid Muhyiddin maxdum” Islom bilim yurti talabasi Abduhalimov Ahmadullo Kuvayt davlatida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etmoqda.                                                                             

 


Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi

               Ilyos Ahmedov

                 tayyorladi

           Manba:muslim.uz

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216910
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24589
  • 19054
  • 12827
  • 15796