Eng noodatiy "qizil" burger Dubayda chiqarildi
18.9.2018 2559

La Merda joylashgan Dubaydagi AmerikaningBareburger filiali menyusiga odatiy bo‘lmagan taom –mol go‘shtili kotletali gamburgerlarga o‘xshab ketadigan B12Vegan burgeri qo‘shib qo‘yildi.

Agar bu burgerni yarmi kesilsa, undan "qon" oqadi, ammo aslida u lavlagi sharbatidir.

Burgerning dastlabki sinovchilari ovqatning to‘qimasi va lazzatidan zavqlangan. Ko‘pchilik bu burger faqatgina vegetarianlar orasida mashhur bo‘lmasligini taxmin qilishmoqda. Bareburger ning ijrochi direktori va asoschisiYevripides Pelekanos,- "Bu mahsulotning maqsadli auditoriyasi nafaqat vegetarianlar, balki go‘sht iste’mol qiladigan odamlar hamdir”- deya qayd etib o‘tgan.

Hozir ko‘pchilik o‘z ratsionlaridagi hayvonot mahsulotlarini muqobiliga almashtirmoqda va va V12 ayni muddaoda paydo bo‘lgan.

Burger B12 tarkibidagi no‘xat, yuqorida ta’kidlab o‘tilganlavlagi soki rangi berish uchun, shuningdek, kokos yog‘i va kartoshka kraxmalini o‘z ichiga oladi. Hayvon hujayralari yordamida "o‘stirilgan" eksperemental mahsulotlardan farqli o‘laroq, bu gamburger to‘liq o‘simliklardan iborat tarzda ishlab chiqariladi.

Ko‘pchilik uchun vegan diyetasidagi muhim bir kamchilik mahsulotlarning narxi hisoblanadi. Biroq, V12 burgeri $ 12 dan $ 13 AQSh dollariga teng, bu esa ushbu toifadagi boshqa takliflardan afzaldir.

"Qonli" burger BAAning to‘rtta Bareburger restoranlarida, shu jumladan Dubayda uchta va bitta Abu Dabi shahrida sotiladi. Ehtimol, V12 supermarketlarning do‘konlarida ham bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi The National.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216999
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24594
  • 19056
  • 12829
  • 15799