Qur’on oyatlaridagi 25 hayrat
11.12.2015 36987

1. Qur’oni karimdagi eng uzun sura – Baqara surasi bo‘lib, u 2,5 porani va 286 oyatni tashkil etadi.

 

2. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura – Kavsar surasi bo‘lib, u uch oyatli o‘ttizinchi poradadir.

 

3. Qur’oni karimdagi eng ulug‘ oyat – "Oyatul Kursi" hisoblanib, u Baqara surasining 255 oyatidir.

 

4. Qur’oni karimdagi eng uzun oyat – Baqara surasining 282 oyati bo‘lib, u bir sahifani tashkil etadi.

 

5. Qur’oni karimdagi eng qisqa oyat – Toha surasining birinchi oyatidir.

 

6. Qur’oni karimda zikr qilingan eng katta son – 100 ming soni bo‘lib, u Soffot surasining 147 oyatidadir.

 

7. Qur’oni karimda kelgan eng uzun so‘z – "Faasqaynakumuhu" so‘zi bo‘lib, u Hijr surasining 22 oyatidadir. Ma’nosi: "U ila sizlarni serob qildik".

 

8. Qur’oni karimda eng ko‘p ishlatilgan arab xarflaridan biri – Alif.

 

9. Qur’oni karimda eng afzal kecha, deb Qadr kechasi zikr qilingan. Mazkur kechaning ming oydan ko‘ra afzalligi Qadr surasining uchinchi oyatida zikr etilgan.

 

10. Qur’oni karimda zikr etilgan eng afzal oy – Ramazon oyi.

 

11. Qur’oni karimdagi eng afzal sura – Fotiha surasi.

 

12. Qur’oni karimda eng ko‘p suralarni o‘z ichiga olgan pora –o‘ttizinchi pora bo‘lib, unda Qur’oni karimdagi 114 suraning 37 tasi jam bo‘lgan. 

 

13. Qur’oni karimda eng ko‘p kelgan Allohning go‘zal ismlaridan biri – Alloh.

 

14. Qur’oni karimda eng ko‘p nomlari zikr qilingan payg‘ambar – Muso (alayhissalom).

 

15. Qur’oni karimda eng kam nomlari zikr qilingan payg‘ambarlar – Zulkifl, Yasa’, Ilyos va Idris (alayhimussalom). 

 

16. Qur’oni karimda eng ko‘p nomi zikr etilgan meva – Uzum.

 

17. "Alhamdu lillahi robbil alamiyn" iborasi kelgan sura va oyatlar – Fotiha surasi 2 oyat, An’om – 45, Yunus – 10, Zumar – 75, G‘ofir – 65.

 

18. Ma’lumki, Qur’oni karimda barcha suralar "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasi bilan boshlanadi. Biroq birgina sura mazkur kalimasiz boshlangan. Bu «Tavba» surasidir. Ba’zi ulamolarning aytishicha, u o‘zidan oldingi suraning davomi bo‘lganligi uchundir.

 

19. Qur’oni karimning Haj surasida ikki marotaba sajda oyati kelgan. Bular 18 va 77 oyatlar.

 

20. Qur’oni karimda sajda oyatlari 15 ta bo‘lib, ular A’rof surasining 206 oyati, Ra’d – 15, Nahl – 49-50, Isro – 107-109, Maryam – 58, Haj 18 va 77, Furqon – 60, Naml – 24-26, Sajda – 15, Sod – 24, Fussilat – 37-38, Inshiqoq – 21, Najm – 62, Alaq – 19.

 

21. Qur’oni karimda sakta qilinishi lozim bo‘lgan o‘rinlar – to‘rtta bo‘lib, ular Kahf surasining birinchi oyatida, Yosin – 52, Qiyomat – 27 va Mutoffifin – 14.

 

22. "La ilaha illalloh" iborasi ishlatilgan oyat – Soffot surasining 35 oyatidadir.

 

23. "Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina azaban nar" duosi zikr etilgan oyat – Baqara surasining 201 oyatidadir.

 

24. Qur’oni karimda qaysi oyatlar birinchi nozil bo‘lgan? – Alaq surasining 1-5 oyatlaridir.

 

25. Qur’oni karimda qaysi suraning tarkibida umuman "m" harfi ishlatilmagan? – "Kavsar" surasida.

 

"Qur’oni karim mo‘’jizalari" kitobi asosida Baxtiyor ABDULLAYeV tayyorladi.

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216428
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24556
  • 19018
  • 12799
  • 15762