Ka’baning yettita haqiqati
27.10.2016 9698

1. Ka’ba bir necha marta qayta ta’mirlangan. Ba’zi tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Ka’ba o‘n ikki bora qayta ta’mirlangan. Eng oxirgi ta’mirlash ishlari 1996 yilda amalga oshirilgan.


2. Kisva (Ka’bapo‘sh) bizning ko‘zimiz o‘rganib qolganidek hamisha qora rangda bo‘lmagan. Payg‘ambarimiz Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) davrlarida oq rangli Yaman matosidan tikilgan ka’bapo‘shdan foydalanilgan. Qora rangli ka’bapo‘shdan Abbosiy xalifalari davridan boshlab foydalanildi.


3. Ibrohim (alayhissalom) davrlarida Ka’ba to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘lgan. Hozirgi ko‘rinishi qurayshliklar tomonidan Islom dini kelishidan avval o‘zgartirilgan.

 

4. Mashhur qora tosh – Hajarul asvad yahlit butun tosh bo‘lmay, balki, u bir necha bor o‘g‘irlanishi natijasida bir qancha bo‘laklarga bo‘linib ketgan toshdir. Hozirda maxsus gardish bo‘laklangan toshni jamlab turadi. Bu kabi gardish ilk marta Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhu )tomonidan joriy qilingan.

 

5. Ka’baning kaliti o‘n besh asrdan buyon Bani Shayba qabilasi qo‘lida saqlanib kelinmoqda. Ular ushbu kalitga Islom dini kelmasidan egalik qilib keladilar.

 

6. Yaqin vaqtlargacha Ka’ba eshigi barcha uchun ochiq bo‘lgan. Uning ichiga qirol oilasidan tashqari oddiy ziyoratchilar ham kirishi mumkin bo‘lgan. Biroq haj ibodatini ado etish uchun keluvchi hojilarning soni keskin ortishi natijasida Ka’ba eshiklari berkitilib qo‘yildi.

 

7.XX asr boshida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida hojilar tavofni suzib bajarishga majbur bo‘lganlar.

 

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216295
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24550
  • 19003
  • 12792
  • 15756